Foydalanish shartlari

Foydalanish kelishuvi

Umumiy qoidalar

Ushbu Foydalanish kelishuvi (keyingi o'rinlarda – Kelishuv deb ataladi) O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasiga muvofiq "Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator UZINFOCOM" MCHJning (keyingi o'rinlarda - UZINFOCOM deb ataladi) ommaviy ofertasi hisoblanib, MyId mobil ilovasidan (keyingi o'rinlarda – Ilova deb ataladi) foydalanish shartlari va qoidalarini belgilaydi.

Ushbu Kelishuvning shartlari barcha Foydalanuvchilar uchun bir xil.

Foydalanuvchining qurilmasidagi Ilovada ro'yxatdan o'tishi ushbu Kelishuv shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilishdir. Bunday holda Kelishuv Foydalanuvchi va UZINFOCOM tomonidan yozma ravishda imzolangan va tuzilgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchining Ilovada ro'yxatdan o'tishi ushbu Kelishuvni tuzish payti hisoblanadi.

UZINFOCOM Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan ushbu Kelishuv shartlarini o'zgartirish huquqiga ega. Kelishuv shartlariga kiritilgan o'zgartirishlar Ilovada joylashtirilganidan so'ng uch kun o'tgach kuchga kirib, bir vaqtning o'zida Kelishuvning oldingi tahriri o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanadi.

Ushbu Kelishuvda quyidagi termin va ta'riflar qo'llaniladi:

Ilova - "MyId" deb nomlangan mobil ilova, yuzning biometrik parametrlari (yuz geometriyasi) bo'yicha jismoniy shaxslarni bank yoki boshqa xizmatlardan onlayn tarzda ruxsat etilgan holda foydalanishni ta'minlash uchun ularga identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradi. Ilova UZINFOCOMga tegishli bo'lgan axborot tizimi hisoblanib, old kameraga ega, Android va iOS operatsion tizimlarida ishlaydigan va Internet tarmog'iga ulanish imkoniyatiga ega bo'lgan mobil qurilmalar (smartfon, planshet yoki boshqa qurilma) uchun mo'ljallangan;

jismoniy shaxs - O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportiga yoki ID kartaga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi;

Foydalanuvchi - ushbu Kelishuv shartlarini qabul qilgan va Ilovada ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxs;

shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash - shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, qo'shish, ishlatish, taqdim etish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo'q qilish bo'yicha bir yoki bir qator harakatlarni amalga oshirish;

Ilovani himoya qilish vositalari - Ilovani uchinchi shaxslarning ruxsatisiz kirishidan himoya qilish mexanizmlari, shu jumladan pin-kodni o'rnatish, mobil qurilma egasining biometrik xususiyatlari (barmoq izlari va boshqalar) bo'yicha autentifikatsiya.

Kelishuv predmeti

UZINFOCOM jismoniy shaxslarga Ilovaga ulangan axborot resurslariga onlayn tarzda vakolatli kirish huquqini olish uchun Ilovadan foydalanish imkoniyatini beradi.

Ilovani Google Play Store va App Store manbalari orqali yuklab olish mumkin.

Ilovadan foydalanish faqat Foydalanuvchining mobil qurilmasida Internetga kirish imkoniyati mavjud bo'lganda (eng kamida 256 Kbit / s tezlikda) amalga oshiriladi.

UZINFOCOM Foydalanuvchilarning so'roviga binoan rasmiy bayram kunlaridan tashqari, dushanbadan jumagacha sakkiz soatlik ish kuni rejimida ularga maslahat yordamini taqdim etadi.

Ilova "boricha" (as is) tamoyili asosida taqdim etiladi. UZINFOCOM Ilovaning Foydalanuvchi aniq maqsadlari va umidlariga muvofiqligi to'g'risida hech qanday kafolat bermaydi.

Foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish shartlari va tartibi

Ilovada ro'yxatdan o'tish uchun Foydalanuvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasportini yoki ID kartasining seriyasi, raqami va tug'ilgan kunini ko'rsatishi kerak.

Ilovada Foydalanuvchiga ushbu Kelishuv shartlari bilan tanishib chiqish va uni qabul qilish imkoniyati beriladi.

Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlariga rozi bo'lmasdan ro'yxatdan o'tishni davom ettira olmaydi.

Ushbu Kelishuv shartlari bilan o'z vaqtida tanishmagan Foydalanuvchi Ilovadan foydalanish natijasida Foydalanuvchi uchun salbiy oqibatlarga olib keladigan barcha xavflarni o'z zimmasiga oladi.

Ilovadagi ushbu Kelishuv shartlarini qabul qilgan Foydalanuvchi identifikatsiya va autentifikatsiyani ta'minlash uchun shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.

Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari ushbu Kelishuvga ilova qilingan Maxfiylik siyosati shartlari va O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.

Foydalanuvchi mobil telefon raqamini ko'rsatishi kerak. Ko'rsatilgan mobil telefon raqamiga avtomatik ravishda yaratilgan bir martalik parol (OTP) yuboriladi va uni kiritgandan so'ng Foydalanuvchiga ro'yxatdan o'tish uchun keyingi amallarini bajarish imkoniyati beriladi.

Ro'yxatdan o'tishni yakunlash uchun Foydalanuvchi o'z mobil qurilmasidagi Ilovaga kirishni himoya qilish uchun PIN-kodni o'rnatishi kerak.

Mobil telefon raqami o'zgargan taqdirda Foydalanuvchi raqamini profilida bir martalik parol (OTP) bilan tasdiqlash orqali o'zgartirishi mumkin.

Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari

Foydalanuvchi:

Ilovaga ulangan axborot resurslariga kirish huquqini olish uchun Ilovadan foydalanish;

Mazkur Kelishuvni istalgan vaqtda bir tomonlama bekor qilish va akkauntni o'chirib, Ilovadan foydalanishni rad etish huquqiga ega.

ushbu Kelishuv talablariga rioya qilish;

Ilovada ro'yxatdan o'tayotganda ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish, boshqa shaxs sifatida foydalanmaslik;

mobil qurilmaning axborot xavfsizligi va Ilova himoyasini ta'minlash;

maxfiyligi buzilgan (buzilganlikda gumon qilingan) yoki Ilovaga kirish vositalarining xavfsizligi buzilgan taqdirda darhol UZINFOCOMga xabar berish;

Ilovadan har qanday firibgarlik yoki boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik;

agar biror bir alohida qoidaga yoki umuman Kelishuvga rozi bo'lmagan taqdirda, Ilovadan foydalanishni to'xtatib, akkauntni o'chirib qo'yish shart.

UZINFOCOM huquqlari va majburiyatlari

UZINFOCOM:

Ilovaga ulangan axborot resurslaridan quyidagi holatlardan birida yoki bir nechtasida Foydalanuvchini kirishini cheklash yoki uning akkauntini blokirovka qilish orqali Foydalanuvchini Ilovaga kirish huquqidan doimiy ravishda mahrum qilish huquqiga ega:

Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv shartlarining buzilishi;

agar qonuniy talablarga yoki sud qaroriga rioya qilish talab etilsa;

agar Foydalanuvchining xatti-harakatlari UZINFOCOM, jismoniy va/yoki boshqa yuridik shaxslarga zarar yetkazganligi haqida UZINFOCOMda asos bo'lsa. Bunday xatti-harakatlarga Ilova dasturiy ta'minotini buzish, boshqa shaxsga taqlid qilishga urinish yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar bilan aldash misol bo'lishi mumkin;

Ilovaga ulangan axborot resurslariga istalgan vaqtda Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan, vaqtincha noma'lum muddatga yoki abadiy ravishda kirishni cheklash yoki o'chirib qo'yish.

rejalashtirilgan profilaktika ishlari bilan bog'liq yoki uchinchi tomonlarning aybi bilan Ilova ishlashida uzilishlar yuzaga kelishidan tashqari Ilovaning uzluksiz ishlashini ta'minlash;

Ilovadan foydalanish jarayonida Foydalanuvchilarga konsultativ yordamni ko'rsatish;

O'zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish, shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash va shaxsiy ma'lumotlarni noqonuniy qayta ishlashga yo'l qo'ymaslik bo'yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'rish.

Kelishuvning amal qilish muddati

Ushbu Kelishuv Foydalanuvchi Ilovada ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab kuchga kiradi va Foydalanuvchining mobil qurilmasidan Ilova o'chirilgunga qadar amal qiladi.

Mas'uliyat

Ushbu Kelishuvda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Kelishuvga muvofiq javobgar bo'ladilar.

Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlarini bajarmaganligi sababli UZINFOCOM va/yoki jismoniy va boshqa yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgardir.

Foydalanuvchi Ilovaga kirishni himoya qilishning o’zi tomonidan tanlangan xavfsizlik vositalarini uchinchi shaxslarga ma’lum bo’lmasligiga, shuningdek, mobil qurilmaning saqlanishi va xavfsizligi uchun shaxsan javobgardir. Foydalanuvchi akkauntidagi barcha harakatlar Foydalanuvchining o'zi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.

Ilovada ro'yxatdan o'tish orqali Foydalanuvchi Ilovadan foydalanish yoki undan foydalana olmaslik faqatgina Foydalanuvchining zimmasida ekanligiga rozilik bildiradi.

Foydalanuvchi g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda shaxsiy ma'lumotlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun u O'zbekiston Respublikasining ma'muriy va jinoiy qonunchiligiga muvofiq javobgar bo'lishini tushunadi.

UZINFOCOM ushbu Kelishuvning 7.6-bandining "g" bandida ko'rsatilgan hollardan tashqari Ilovaning uzluksiz ishlashiga va barqarorligini ta'minlash uchun mas’ul.

UZINFOCOM:

UZINFOCOM vakolatiga kirmaydigan hodisa va holatlar natijasida, shuningdek, Foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqadigan Foydalanuvchi uchun salbiy oqibatlar va zararlar uchun;

Foydalanuvchining Ilovadan foydalanishi yoki Ilovadan foydalana olmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zarar yoki yo'qotishlar uchun;

Foydalanuvchining mobil qurilmasiga ruxsatsiz kirish yoki mobil qurilmadagi virus yoki zararli dasturiy ta'minot tufayli, Ilovadan Foydalanuvchi ma'lumotlari uchinchi shaxslarga (qasddan yoki beparvolik tufayli) taqdim etilgan taqdirda; 

o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar sababli, shu jumladan davlat yoki sud organlari tomonidan qo'yilgan taqiq va cheklovlar natijasida Ilovani ishlata olmaganligi uchun;

uning aybi bilan sodir bo'lmagan shaxsiy ma'lumotlarning yo'qolishi uchun;

quyidagi ko'rsatilgan holatlar natijasida Ilova ishlashidagi nosozliklar, uzilishlar yoki Ilova funksiyalarini bajara olmasligi:

uchinchi shaxslarning Ilova dasturiga ruxsatsiz kirishga qaratilgan harakatlari;

Ilovaga ulangan uchinchi shaxslar veb xizmatlarining ishlamasligi;

profilaktika ishlarini olib borish;

elektr ta'minoti bilan bog'liq muammolar, Internet va mobil aloqa operatorlari tarmog'idagi uzilishlar, ortiqcha yuklanishlar;

xatolarning mavjudligi, jismoniy shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga vakolatli davlat organlari ma'lumotlar bazalarida Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarining aktual emasligi.

Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlari bilan, shuningdek, Ilovaga ulangan axborot resurslari orqali xizmatlarni qabul qilishda boshqa kelishuvlar yoki shartlar bilan tanishmaganligi va/yoki o'z vaqtida tanishmaganligi sababli, Foydalanuvchi tomonidan yetkazilgan har qanday yo'qotish yoki zarar uchun javobgar emas.

UZINFOCOM Foydalanuvchi tomonidan Ilovaga ulangan axborot resurslari orqali xizmatlardan foydalanishda uzluksiz yoki xatosiz ishlashiga kafolat va hech qanday bayonot bermaydi.

Ushbu Kelishuv tomonlari Kelishuv bo'yicha o'z majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganliklari uchun agar bunday bajarmaslik yengib bo'lmaydigan kuchlar holatlari natijasi bo'lsa javobgar emaslar (Kelishuv tuzilgandan keyin favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ular oldindan ko'ra olmasliklari va oldini olishlari mumkin). Ushbu xarakterdagi favqulodda holatlariga quyidagilar kiradi: toshqin, yong'in, zilzila, tuproqning cho'kishi va boshqa tabiiy ofatlar; urush yoki harbiy harakatlar, embargo, blokadalar, Kelishuvni amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi hokimiyat organlarining harakatlari.

Da'volarni ko'rib chiqish tartibi

Ushbu Kelishuv bo'yicha UZINFOCOM tomonidan o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, Foydalanuvchi UZINFOCOMga yozma ravishda shikoyat yuborish huquqiga ega.

UZINFOCOM da'voni o'n besh kun ichida O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi Qonunida belgilangan tartibda ko'rib chiqishi shart. Da'voga javob elektron pochta orqali yoki buyurtma qilingan xat orqali yuboriladi yoxud tilxat asosida Foydalanuvchiga topshiriladi.

Nizolarni hal qilish tartibi

Ushbu Kelishuvni amalga oshirish bo'yicha barcha munozara va kelishmovchiliklar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.